SOFIZM

SOFIZM (yun. sophisma — hiyla) Joʻmboq — biror beʼmani fikrni asoslovchi muhokama yoki xulosa. Sofizmda yolgon muhokama chin muhokamadek kilib koʻrsatiladi yoki mantiq qonunlarini buzib xulosa chiqariladi. Aristotel S. ni «soxta isbot» deb atagan. Sofizm — haqiqatni yolgʻon, yolgʻonni haqiqat deb tushuntirishdan iborat boʻlib, raqibni aldash, uni notoʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishga va shu tarzda oʻz maqsadiga erishishga moʻljallangan mantiqiy usuldir. Mana bu misolda odamning shoxi borligi shunday isbotlanadi: — Yoʻqotmagan narsalaring oʻzingda boʻladimi? — Ha. — Sen shox yoʻqotmagansan? — Ha. — Demak, shoxing oʻzingda. Sen shoxli odamsan.

Mantiq ilmini yaxshi egallagan kishilar bunday hiylagarlikni osongina fosh eta oladi. Sofizm soddadil kishilarqalbida haqiqatga, adolatga shubha uygʻotuvchi, ularni toʻgʻri yoʻldan adashtiruvchi makkorlik qurolidir.


Lotin alifbosida maqola: SOFIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MANTIQ
FOROBIY
ARISTOTEL
YER
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты