SOFIYA IBODATXONASI

SOFIYA IBODATXONASI, Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi — Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik. Vizantiya meʼmorligining buyuk mahobatli yodgorligi (532—537). Meʼmorlari trallik Anfimiy va miletlik Isidor. Si. tarhi 3 neflk gumbazli bazilika shaklida boʻlib, yon neflari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimon. Oʻrta nefi keng va baland, tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Ibodatxona uz. 77 m, gumbaz diametri 31,5 m. Gumbazi 4 ustunga hamda bagʻalidagi ravoqlarga tayangan. Gumbaz asosiga 40 ta deraza ishlangan. Interyerida order tizimi (kolonnada, ravoq va b.) dan foydalanilgan. Rangli marmar va koshinlar bilan serhasham bezatilgan. 6-a. da vayron boʻlgan gumbazi 1374-y. da kichik hajmda qayta tiklangan. 4 tomoniga nayzasimon minora ishlangan (1618-a. lar). Hozir muzey.


Lotin alifbosida maqola: SOFIYA IBODATXONASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VIZANTIYA
BUYUK BRITANIYA
TURKIYA
FRANSIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты