«SOYUZ» — kosmosda uzoq vakt uchish, manyovrlar oʻtkazish, orbitada boshka kosmik kema (KK)larga yaqinlashish va ular bilan tutashishga moʻljallangan koʻp oʻrinli sovet KKlarining hamda KK larni ishlab chiqarish. va uchirish dasturining nomi. 1967—81 y. larda orbitaga 40 ta «S», chiqarilgan. Shu jumladan, 2 tasi kosmonavtsiz uchirilgan. «S», bazasida «Salyut» va «Mir» orbital styalariga ekipaj aʼzolarini olib chiqish va kosmonavtlarni Yerga qaytarib olib tushish uchun moʻljallangan «Soyuz T» va «Soyuz TM» kosmik kemalari ishlab chiqiddi. 1979—86 y. larda 15 ta, «Soyuz T» kosmik kemasi (shulardan 1 tasi kosmonavtsiz), 1986—94 ylarda 19 ta «Soyuz TM» kosmik kemasi (shulardan 1 tasi kosmonavtsiz) uchirilgan.