SOGʻARJ

SOGʻARJ, Sogʻarch — oʻrta asrlarda Movarounnahrdagi viloyat va katta qishloq. Samarqanddan shim. gʻarbda, 5 farsax masofada (Ishtixon yonida) joylashgan. Sogʻarj qishlogʻi nomi ilk bor 9—10a. lardagi arab geograflari asarlarida uchraydi. Yoqut Hamaviy Sogʻarjni Ishtixon sh. ga tobe boʻlganini yozgan. Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»sida yozilishicha, Sogʻarj qoʻshin toʻplanadigan qarorgoh boʻlgan. Xususan, Amir Temur Toʻxtamish bilan boʻladigan urushdan oldin Sogʻarjda lashkar toʻplagan. 15—17-a. lardagi vaqf xujjatlarida Sogʻarj kayd etilgan. 1557-y. Nasaf viloyati hokimi Xudoyberdi sultonga Sogʻarj viloyati Abdullaxon II tomonidan suyurgʻol qilib berilgan, Nasaf esa, Ibodullo sultonga topshirilgan. 1605-y. Boqi Muhammad 14 yoshli Nadr Muhammadxonga Sogʻarj viloyatini iqto tarzida inʼom etgan. Taxt uchun kurashda yordami uchun 1611-y. da Imomqulixon S. ni qozoqxonlaridan Ishimxonning oʻgʻli Jonibek sultonga bergan. Mangʻitlar (1753 — 1920) hukmronligi davrida Sogʻarj Dushanba qoʻrgʻon deb atalgan. Mahmud ibn Vali S. ni obod qishloq deb yozgan, 19-a. da ham obod joy deb tilga olingan. Sdan bir qancha ulamolar chiqqan (mas, xalifa Umar ibn Xattob naslidan boʻlgan yirik ulamolardan shayx Burhoniddin Sogʻarjiy, 12-a.). Hoz. Sogʻarj xarobalari Oqdaryo tumanidagi Yangiqoʻrgʻon qishlogʻidan 4 km narida saqlangan.

Manba: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Hofiz Tanish AlBuxoriy, Abdullanoma, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: SOGʻARJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
TOSHKENT
BUXORO XONLIGI
QASHQADARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты