SPAZMOLITIK MODDALAR

SPAZMOLITIK MODDALAR (spazm va… liz) — silliq muskulli aʼzolar (tomir, bronx, meʼdaichak, oʻt, siydik yoʻllari va b.) devorini boʻshashtiradigan dorilar. Miotrop va neyrotrop Spazmolitik moddalar boʻladi. Silliq muskullarga bevosita taʼsir etadigan miotrop Sm. ga papaverin, noshpa, eufillin, dibazol va b., silliq muskullarning qisqarishiga sabab boʻladigan nerv impulyelarini yoʻqotadigan neyrotrop Sm. ga esa xolinolitik moddalar (mxolinolitiklar — atropin, spazmolitik va b.) hamda simpatomimetik dorilar (adrenalin, efedrin, izadrin) kiradi. Sm. stenokardiya, bronxiol astma, miya tomirlari spazmi, xoletsistit, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi, oʻt va buyrak toshi kasalliklarida qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: SPAZMOLITIK MODDALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYRAK
NERV SISTEMASI
MARKAZII NERV SISTEMASI
MEʼDA
ATROPIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты