SHIRVONZODA

SHIRVONZODA (taxallusi; asl familiyasi — Movsisyan) Aleksandr Minasovich [4858.7(19).4, Ozarbayjon, Shemaxa shahri — 1935.7.8, Kislovodsk; Yerevanda dafn etilgan] — arman yozuvchisi. Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya xalq yozuvchisi (1930). Rus uyezd bilim yurtini tugatgan (1873). 1883-yilgacha Bokuda yashab, turli kasblarda ishlagan, ocherk va maqolalar yozgan. 1893-yildan Tbilisida yashagan. «Ardzagank» («Akssado», 1886— 91) haftalik gaz. da ishlagan. Parijda (1905—10), Tbilisida (1910—19) yashagan, soʻngra yana xorijga ketgan (1919— 26), 1926 yil Armanistonga kelib, ijodiy ishini davom ettirgan.

«Nomus» (1885) romani va «Xusumat» qissasi (1897)da ozarbayjon xalqi hayoti, ibtidoiy urf-odatlar va yangicha qarashlar oʻrtasidagi ixtilof, inson ruhiyatidagi kechinmalar chuqur tasvirlangan. «Algʻovdalgʻov» romani (1898)da sanoatlashgan dunyo tartibsizliklarini yoritgan. «Artist» qissasi (1903)da iqtidorli mashshoq Levonning fojialarga toʻla hayoti hikoya qilinsa, «Nomus uchun» dramasi (1926)da boybadavlat Elizbaryanning bokira va sofdil qizi Margaritning pokiza tuygʻulari, otashin muhabbati kuylanadi.

Shirvonzodaning nasri va dramaturgiyasi arman adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi. Inson ruhiy olamining tubtubigacha kirib borish, taʼsirchanlik, ohangdorlik tamoyillari yozuvchi asarlarining yashovchanligini taʼminladi. Umrining soʻnggi yillarini Armanistonda oʻtkazgan 111. qator hikoya va ocherklarni eʼlon qildi, shuningdek, «Morganning choʻqintirilishi» (1926) siyosiy ruhdagi komediyasi, «Soʻnggi favvora» (1934) kinossenariysini yozdi, 2 j. li «Hayot tajribalaridan» memuar romani ustida ishladi.

As: Izbrannme soch., t. 1—3, M., 1957,Alina [qissa], T., 1963; Xusumat [roman], T., 1974; Xaos, Yerevan, 1975.

Ad.: Tamrazyan G. S., Shirvanzade, M., 1967.


Lotin alifbosida maqola: SHIRVONZODA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
ARMANISTON
YAPONIYA
OZARBAYJON
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты