SHIRVONSHOHLAR SAROYI

SHIRVONSHOHLAR SAROYI — Bokudagi meʼmoriy majmua (15—16-asrlar); oʻrta asrlar Ozarbayjon meʼmorligining muhim namunasi. Majmua 2 qavatli saroy, 8 qirrali gumbazli devonxona (15-asrning oxiri, atrofi ravoqli 5 qirrali ayvon bilan oʻralgan), toʻrtburchak tarhli maqbara (1435), hashamdor peshtoqli xonaqoh, 2 gumbazli va minorali masjid (1442), 8 qirrali Said Yahyo Bokuviy maqbarasi, darvoza (1585), sardoba va hammomdan iborat. Turli davrlarda yaratilgan inshootlarni oʻz ichiga olgan majmuaning yaxlitligini meʼmoriy usullarning umumiyligi belgilagan. Binolarning hajmlarini ifodali bezaklar ziynatlaydi. Shirvonshohlar saroyi muzeyga aylantirilgan.


Lotin alifbosida maqola: SHIRVONSHOHLAR SAROYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OZARBAYJON
ERON
TEMURIYLAR
TOSHKENT
TERMIZIY MEʼMORIY MAJMUI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты