SHIRINSOY QABRISTONI

SHIRINSOY QABRISTONI — 2-4-asrlarga oid arxeologik yodgorlik. Bekobod shahridan 4,5 km sharqda, Sirdaryoning chap sohilida. Gʻarb tomonidan Shirinsoy oʻtadi. 1943 yil Farhod GESi qurilishi vaqtida topilgan. Shu yili arxeolog V. F. Gaydukevich boshchiligidagi ekspeditsiya oʻrgangan. Shirinsoy qabristonidan jami 28 ta qabr ochilgan. Ularning koʻpchiligi oddiy chuqurchalardan iborat boʻlib, bir necha katakomba shaklidagi qabrlar ham topilgan. Jasadlar chalqancha, oyogʻi uzatilgan holda, ayrimlari yon gomoni bilan (qoʻpincha chap yoni bilan) yotqizilib, oyogʻi yigʻishtirilgan holda qoʻyilgan. Qabrlardan koʻzachalar, kosalar va boshqalar xil idishlar topilgan. Idishlar qizil angob bilan boʻyalgan, ayrimlari sayqallangan. Shirinsoy qabristoni joylashgan hudud qadimda Usrushonaga qarashli boʻlib, topilgan ashyolar shirinsoyliklarning Shosh va Fargʻona bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqada boʻlganligini koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: SHIRINSOY QABRISTONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты