SPLIT

SPLIT — Xorvatiyadagi shahar. Adriatika dengizi sohilidagi port. Aholisi 190 ming kishi (1998). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaxarlar bilan yirik sanoat tugunini tashkil qiladi. Kemasozlik, sement, kimyo, oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, GES mavjud. Splitda Biologiyaokeanografiya i. t. instituti, dengiz, arxeologiya va b. muzeylar, badiiy galereya bor. Turizm markazi va iqlim kurorti. Qad. Rim meʼmorligi — imperator Diokletian saroyi (taxm. 300-y.) va renessans meʼmorligi yodgorliklaridan ratusha, cherkovlar (11—16-a. lar) saqlangan. Split yakinida Salona antik shahar (mil. av. 2-a. — mil. 4-a.) krldiklari topilgan.


Lotin alifbosida maqola: SPLIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
FRANSIYA
ITALIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты