SHISHA TOLALAR

SHISHA TOLALAR — suyuqlantirilgan shishadan tayyorlanadigan tolalar, diametri 3—100 mkm, uz. 20 km va undan uzun (uzluksiz Shisha tolalar) yoki diametri 0,5—20 mkm, uz. 1—50 sm (shtapel Shisha tolalar) qilib ishlab chiqariladi. Uzluksiz Shisha tolalar tashqi koʻrinishidan tabiiy yoki sunʼiy ipak tolalariga, shtapel Shisha tolalar esa ip yoki jun ipga oʻxshaydi.

Uzluksiz Shisha tolalar suyuqlantirilgan shisha massasini filyerlardan (teshiklar soni 200—2000) mexanik qurilmalar yordamida choʻzib tola shakliga keltirilib, gʻaltaklarga oʻraladi. Shtapel Shisha tolalar bir bosqichli usulda — suyuqlantirilgan shisha massasi oqimini bugʻ, havo yoki issiq gaz bilan ajratib hosil qilinadi.

Shisha tolalar xossasi, kimyoviy tarkibi, issiqqa chidamliligi, elektr tokini oʻtkazmasligi, issiklik oʻtkazuvchanligining pastligi, termik kengayish koeffitsiyentining kichikligi, kimyoviy chidamliligi va mexanik puxtaligi bilan belgilanadi. Shisha tolalar hozirgi zamon texnikasida shishaplastiklar uchun armirlovchi (mustahkamlovchi) material sifatida, filtrlashda va elektrotexnikada izolyatsiya materiali sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: SHISHA TOLALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHISHA
TOSHKENT
IPAKCHILIK SANOATI
JUN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты