SPORT INSHOOTLARI

SPORT INSHOOTLARI — sogʻlomlashtirish, oʻquvmashq hamda har xil sport musobakalari uchun muljallangan alohida bino, qurilishlar majmuasi. Zamonaviy Sport inshootlarining timsoli sifatida qad. Olimpiya sh. dagi palestra va gimnasiy, stadion, otchopar, sirk kabilarni aytish mumkin. Yunoniston va Kdd. Rimdagi amfiteatr va kolizeylarda stadion va sirklar birlashtirilgan. 19-a. ga kelib Si. qurilishi jadallashdi. Sunʼiy suv havzalari yaratildi (1820—30), gimnastika zallari (1850) qad. shaklda takroran uslublashtirildi. 1896-y. dan Olimpiada oʻyinlarining tiklanishi Si. qurilishining koʻpayishiga imkoniyat yaratdi. 20-a. ga kelib Si. har bir davlatning oʻz milliy meʼmorlik anʼanalari asosida yangi zamonaviy meʼmoriy uslublar bilan boyitildi. Bular Rim (1960), Tokio (1964), Myunxen (1972), Moskva (1980), Seul (1988), Atlanta (1996), Sidney (2000) va b. Olimpiada majmualari oʻziga xos loyihalashtirilgan: Yaponiya (Tokio)dagi yirik Olimpiada inshooti Ioyogi stadioni (1964, meʼmori K. Tange, muhandisi I. Subon) zamonaviy yapon meʼmorligining eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Binoda osma konstruksiyalaraan foydalanish yuqori tejamkorlikka ega boʻlib, yangi plastikani vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi. Zamonaviy Si. 50 ga yaqin sport turlariga xizmat qiladi. Asosiy qurilishlar mashq va musobaqa oʻtkaziladigan maydon, zal va yordamchi xonalardan iborat (garderob, dush, sudyalar xonasi, sport jihozlari saqlanadigan xona va b.). Si. majmuasiga muhandislik qurilmalari (elektr, suv, kanalizatsiya, ventilyatsiya) dan texnik foydalanish, tomoshabinlar uchun qurilma inshootlari (tribuna, foye, bufet, sanuzel va b.) kiradi. Shuningdek, Si. ochiq va yopiq (mashgʻulotlar talabiga koʻra), bir yoki bir necha sport turlariga muljallangan (mas, gimnastika va b. sport oʻyinlari uchun universal zallar), shuningdek, umumiy hududda joylashgan sportning har xil turlari uchun ixtisoslashgan sport majmualari sifatida quriladi (mas, ochiq maydonli Si. ; futbol, yengil atletika, changʻi sporti, tramplin, velotrek va b., usti yopiq maydonli Si. ; badiiy gimnastika, suv havzasi, kort, konkida yugurish sporti va b.). Zamonaviy Si dan yil boʻyi foydalanish maqsadida bir shakldan ikkinchi shaklga (yezda ochiq, qishda yopiq) aylantiriladigan mahobatli inshootlar bunyod etila boshlandi [Yaponiyadagi Xalqaro Iokogama stadioni (1997, 72 370 oʻrindiqli), SenDenidagi «Stat de Frans» stadioni (1999, 80 000 oʻrindiqli, unda yengil atletika va regbi oʻyinlari oʻtkaziladi. Oʻrindiklarini maxsus muhandislik qurilmalari yordamida koʻpaytirish yoki qisqartirish mumkin), Sidneydagi «Avstraliya» stadioni (1999, 80 000 oʻrindiqli, mayd.1 16 ga, tomi 30 000 kv m, loyihasi Avstraliya milliy shlyapasi shaklida ishlangan), Seuldagi «Syangam» stadioni (2001, 64 677 oʻrindiqli, tribuna tepasi yelkanli mahalliy baliqchilar qayigʻi shaklida qurilgan), Shim. Gʻarbiy Londondagi «Yangi Uembli» stadioni (qurilishi 2003-y. i boshlangan, 90 000 oʻrindiqli, meʼmori Norman Forest kompyuter texnologiyasi yordamida tomini yozda ochiq, qishda yopiq qilib siljiydigan shaklda loyihallashtirgan) va b. ].

Oʻzbekistonda 60—80y. larda Sport inshootlari loyihalari Davlat buyurtmasi asosida loyihalash intlari tomonidan bajarilgan [Toshkentdagi Mitrofanov nomidagi (1963), Navoiydagi «Delfin» (1965) suv havzalari, Paxtakor stadioni va b. ]. Mustaqillikdan keyin jismoniy tarbiya va sportga, Sport inshootlari qurilishiga alohida eʼtibor berilmoqda. Stadionlar, sport zallari, sport maydonlari qurish jadal olib borilmoqda. Bunyod etilayotgan Si. yuqori saviyadagi xalqaro musobaqalar oʻtkazish imkonini bermoqda (Yunusobod tennis korta va suv xavzasi, 1996; Fargʻonadagi «Toshloq» markaziy oʻyingohi, 1996; «Jar» sport majmuasi, 1998; «Qarshi» tennis korti, 1998; Termiz kurash majmuasi; 1999; Buxorodagi «Xumo» (1999) va «Buxoro» sport majmualari, 2002; Namangandagi «Yoshlar» sport majmuasi, 2003; Andijondagi «Olimpiya zaxiralari» sport kollejmajmuasi, 2003; Termiz sh. dagi «Delfin» suzish majmuasi 2003 va b.).


Lotin alifbosida maqola: SPORT INSHOOTLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ITALIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты