SHLAGBAUM

SHLAGBAUM (nem. — zarba va — yogʻoch, xoda) — avtomobil yoʻllari t. y. izlarini kesib oʻtadigan joylarda poyezd oʻtayotgan paytda yon tomondagi transport qatnovini toʻxtatib turishga xizmat qiladigan toʻsiq. T. y. izidan kamida 10 m narida oʻrnatiladi. Dastaki yoki mexanik usulda koʻtariladigan, suriladigan, yogʻoch yoki metalddan tayyorlangan xillari bor. Poyezdlar koʻp qatnaydigan joylarda avtomat Sh. oʻrnatiladi. Avtomat Shlagbaum poyezd yaqinlasha boshlaganda avtomatik tarzda tushib, yon tomondagi yoʻlni toʻsadi. Shlagbaumlar qorongʻida aniq koʻrinib turadigan yoritqich signallarga ega boʻladi. Nazorat qilib turiladigan avtomobil yoʻllarida ham Shlagbaum oʻrnatiladi.


Lotin alifbosida maqola: SHLAGBAUM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AVTOMAT SHLAGBAUM
YER
ROSSIYA
ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты