SHLIF

SHLIF (nem. — yoʻnish, silliqlash) (geologiyada) — mikroskopik tadqiqotlar uchun moʻljallangan togʻ jinsi, mineral yoki koʻmirdan tayyorlangan plastinka. Shliflar 2 xil boʻladi — shaffof va ruda Sh. (anshlif). Shaffof Shlif — yupqa plastinka (0,03 mm) ning ikki tomoni silliqlanib, yupqa oynaga maxsus yelim (epoksid, kanada balzami) yordamida yopishtiriladi, usti ham oʻta yupqa oyna bilan qoplanadi. Anshlif — mineral va togʻ jinslarini oʻtuvchi nur orqali oʻrganish uchun tayyorlanadi. Shlifni oʻtuvchi nur yordamida oʻrganish — petrografiyaning asosiy metodlaridan biri. Shlif mikroskop ostida mukammal oʻrganiladi, bunda togʻ jinslarining mineral tarkibi, ichki va tashqi tuzilishi aniqlanadi. Buning uchun qutblangan mikroskoplardan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: SHLIF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANADA
MINERAL
YER
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
ANSHLIF


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты