SHLYAXTA

SHLYAXTA (polyakcha) — Markaziy Yevropaning bir nechta mamlakatlarida (ayniqsa, Polsha, Litvada) hukmron tabaqaning nomlanishi; dvoryanlikka mos keladi. Dastlab Shlyaxta — dunyoviy feodallarning quyi guruhi, ritsarlar. Keyinchalik Shlyaxtaning siyosiy rolini ortishi bilan uni huquqiy jihatdan dunyoviy feodallarning oliy guruhi — magnatlar tarkibiga kiritilishiga olib kelgan. 16—18-asrlarda PolshaLitva davlatida Shlyaxta respublikasi davlat tuzumi qaror topgan. 18-asrda Rech Pospolita boshqa davlatlar oʻrtasida taqsimlangandan soʻng Shlyaxta dvoryanlik bilan tenglashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: SHLYAXTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POLSHA
ROSSIYA
XITOY
LITVA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты