SHMIDT GIPOTEZASI

SHMIDT GIPOTEZASI (astronomiyada) — Kuyosh sistemasilagi sayyoralarnit paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi kosmogonik gipotezalardan biri (q. Kosmogoniya). O. Yu. Shmidt sayyoralar bir vaqtlar Quyoshni qurshab turgan turli oʻlchamdagi moddalardan paydo boʻlganligi haqidagi nazariyani ishlab chiqdi (1943). Rus olimlari L. E. Gurevich va A. I. Lebedinskiy tekshirishlaridan keyin Quyosh yulduzlararo gazchang moddalarni tortib olgan, yaʼni nisbiy giperbolik harakat elliptik harakatga oʻtgan, deb faraz qilinadi (1950). Bu gipoteza boʻyicha protosayyora bulutining rivojlanishi va oʻzgarishida unda mavjud boʻlgan qattiq chang zarralari hal qiluvchi rol oʻynagan. Turli zarralarning qoʻshilishi tufayli ularning kattalashishi va Quyoshning tortish kuchi taʼsiriga qarshilik koʻrsatish xususiyatiga ega boʻlgan koʻp sonli quyuqlashishlarning vujudga kelishi bilan kuzatuv maʼlumotlari tushuntirilgan. Quyuqlashish ichidagi zarralarning elastik boʻlmagan toʻqnashishlari uni zichlanishga olib kelgan va diametri oʻnlab yoki yuzlab km boʻlgan yaxlit jismga aylantirgan. Aslida bunday holatning roʻy berish ehtimoli juda kichik.


Lotin alifbosida maqola: SHMIDT GIPOTEZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
QUYOSH
KOSMOGONIYA
QUYOSH SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты