SSUDA

SSUDA (rus.) — moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz toʻlash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik. S. juda qadimdan mavjud boʻlib, natural ishlab chiqarish. hukmron boʻlgan jamiyatda, asosan, moddiy mahsulot tarzida berilgan. Pul paydo boʻlgach, Ssudaning pul shakli keng qoʻllanildi. Kredit munosabatlarida pul mablagʻlari kredit shartlari asosida qarzga berilsa, Ssuda munosabatlarida boshka turdagi boyliklar tegishli shartlarga muvofiq qarzga beriladi. Aksariyat banklar muayyan maqsadlarni moliyalash uchun maqsadli Ssuda beradi. Kiska (1 yilgacha) va uzok, (bir necha yilga) muddatli Slar bor. S. muddatida qaytarilmasa bank garov mulkni musodara qilishi va uni sotib, Ssuda boʻyicha uzilmagan qarzni qoplaydi. Qimmatli qogʻozlarni ham garovga qoʻyib, ular evaziga S olish mumkin. Qarz toʻlangach, qogʻozlar qaytarib beriladi. Ssuda munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.


Lotin alifbosida maqola: SSUDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANKLAR
KREDIT
TOSHKENT
FOND BOZORI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты