SHOABDURAHMONOV Shonazar (1923.5.5, Toshkent shahri) — tilshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (1974), filol. fanlari d-ri (1964), prof. (1967). Toshkent pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti f-tini tugatgan. Oʻzbekiston FA til va adabiyot i-tida oʻzbek dialektologiyasi sektorining mudiri (1954—91), bosh ilmiy xodim (1991-98). 197174-yillarda mazkur in-t direktori, 1974—76 yillarda Oʻzbekiston FA Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining akademik kotibi.
Shoabdurahmonovning asosiy ilmiy faoliyati badiiy asarlar, xalq dostonlari tili, oʻzbek dialektologiyasi masalalariga oid. Shoabdurahmonov hoz. oʻzbek adabiy tili imlosi, punktuatsiyasi, fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi va leksikografiyasiga oid yirik ilmiy tadqiqotlarning, oliy va oʻrta maktablar uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalarining hammualliflaridan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).
As: Punktuatsiya qoidalari, T., 1953; Oʻzbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T., 1959 (keyingi toʻldirilgan nashrlari: 1962; 1977); Oʻzbek adabiy tili va oʻzbek xalq shevalari, T., 1962; Oʻzbektili grammatikasi, 1j., Morfologiya (hamkorlikda), T., 1975; Oʻzbek tili darsligi, 9sinf uchun (hamkorlikda), T., 1977 (keyingi nashrlar: 1978, 1980, 1982); Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism (hamkorlikda), T., 1980.