SHOVINIZM

SHOVINIZM [frans. saiu1sh$te, Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi fransuz askari N. Shoven (Spailchop) nomidan] — millatchilikning oʻta agressiv shakli. Oʻzga millatlarni kamsitish, tahqirlash, oʻz millatini boshqa millatdan ustun qoʻyish, milliy kalondimogʻlik, milliy xudbinlik illatlarini oʻzida mujassam etadi. Shovinistlar gʻoyaviynazariy jihatdan milliy manfaat va ustuvorlikka xizmat qilib, oʻz gʻoyalarini tazyiq va zoʻravonlik orqali amalga oshiradi. «Shovinizm» termini 19-asrning 30-y. lari Fransiyada paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz milliy ekstremizmning turli koʻrinishlarini ifodalashda qoʻllanila boshladi. Shovinizm biror boshqa millatning tarixiy taraqqiyot yutuqlari, insoniyat sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, jahon tarixidagi oʻrni, milliy, maʼnaviy va madaniy qadriyatlarini poymol qilishga harakat qilib, ayrim jihatlari bilan natsizm va fashizmga ham oʻxshab ketadi. Shovinizm koʻp millatli davlatda koʻpincha bir millatning ustuvorligiga, cheksiz imtiyozlarga ega boʻlishiga olib keladi. Baʼzan esa muayyan davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini milliy manfaatlar niqobi ostida namoyon etib, oʻzga davlatga tazyiq oʻtkazishi ham mumkin. Bu hol buyuk davlatchilik Shovinizmi sifatida taʼriflanadi. Shovinizm 20-asrda dunyoning turli davlatlari va mintaqalarida oʻzining mudhish maqsadlarini amalga oshirdi.


Lotin alifbosida maqola: SHOVINIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA
ROSSIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты