SHOVOT KANALI

SHOVOT KANALI — Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi respublikalararo magistral kanal. Dastlab 17-asr oxirida qurilgan. Toshsoqa kanali tizimiga knradi. Toshsoqa kanalining 34km da qurilgan uzeldan boshlanadi. Uz. 150 km (Oʻzbekistonda 78 km, Turkmanistonda 72 km). Suv oʻtkazish imkoniyati 210 m3/s (Bayramsoqa, Mashinyorgan va Qoramazisoqa kanallaridan olingan suv bilan birga). Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Shovot tumanlarida 37 ming ga va Toshhovuz viloyatida 75 ming ga yer sugʻoriladi. 1940-yilgacha kanal Amudaryoning chap sohilida oʻzining bosh suv olgichiga ega boʻlgan. 1940 da uz. 14,6 km boʻlgan tutashtiruvchi kanal orqali Toshsoqa kanaliga ulandi. 1939 — 40 yillarda rekonstruksiya qilingan. Shovot kanali 3 toʻgʻon inshoot, 1 oxirgi taqsimlagich uzeliga ega. Kanal Urganch shahridan oqib oʻtadi.


Lotin alifbosida maqola: SHOVOT KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XORAZM VILOYATI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
YAPONIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты