SHOYINKA

SHOYINKA, Soyinka Vole (1934.13.7, Abeokuta) — nigeriyalik dramaturg va yozuvchi. «Sher va sohibjamol» (1963) va «Oʻrmon raqsi» (1963) hajviy pyesalarida Shoyinka grotesk vositasi orqali Afrikadagi anʼanaviy va zamonaviy oqimlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni aks ettiradi; tarixiy oʻtmishni bilishga chaqiradi. «Monax Ieronimning sinovlari» (1964) komediyasi, urushga qarshi qaratilgan «Telbalar va professionallar» masali (1971) va «Sharhlovchilar» (1965) romanining muallifi. Bu asarlarda Shoyinka Nigeriya amaldorlarining poraxoʻrligini qoralaydi. Sheʼrlarida oʻz davri muhitidan norozilik ohanglari sezilib turadi («Qamoqdagi sheʼrlar», 1969). Nobel mukofoti laureati (1986).


Lotin alifbosida maqola: SHOYINKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NIGERIYA
XITOY
FRANSIYA
TARIXIY JANR
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты