SHOLAPUR — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatida. Dekan yassitogʻligining gʻarbiy qismida. Aholisi 620 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Savdotransport markazi. Ip gazlama va qand sanoatlari rivojlangan. Hunarmandchilikda gazlama toʻqiladi, metall, shisha va charmdan turli buyumlar tayyorlanadi. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadi.