SHOLI

SHOLI (Oguxa) — boshoqdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, don ekini. 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropiklari va subtropiklarida oʻsadi. Dehqonchilikda tropik, subtropik va moʻtadil poyasning iliq mintaqalarida bir yillik ekma Sholi (O. zaPua) turi ekiladi. Eng qadimiy oziqovqat ekinlaridan biri. Janubiy Sharqiy Osiyoda bundan 7 ming yil muqaddam ekilgan. Sholikorlikning eng qadimiy makonlari Hindiston va Xitoy. Oʻrta Osiyoda mil. av. 3—2-asrdan, Yevropada 8-asrdan, Amerikada 15—16-asrdan ekila boshlagan.

Gʻarbiy Afrikada yalangʻoch donli yoki afrika Sh. si turi ham ekiladi, yovvoyi oʻsadigan turlari — nuqtali Sholi (O. rips1a1a) va qisqa qiltiqli Sholi ovqatga ishlatiladi.

Jahonda Sholi ekin maydonlari 155,5 mln. ga (115 dan ortiq mamlakatda ekiladi), hosildorligi 38,4 s/ga, yalpi hosil 596,4 mln. t ni tashkil etdi (1999). Asosiy Sholi yetishtiradigan mamlakatlar: Xitoy (31,7 mln. ga, hosildorlik 63,2 s/ga, yalpi hosili 200,4 mln. t), Hindiston (44,8 mln. ga, hosildorlik 29,2 s/ga, yalpi hosili 131,2 mln. t), Indoneziya (11,6 mln. ga, hosildorlik 42,9 s/ga, yalpi hosili 49,5 mln. t) (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni 101,3 ming ga, hosildorlik 28,3 s/ga, yalpi hosil 287 ming t (2003). Bulardan tashqari, Bangladesh, Vyetnam, Myanma, Filippin, Braziliya, Pokiston, Kambodja, Yaponiya, AQSH, Koreya mamlakatlarida, Ukraina janubida, Shim. Kavkaz, Quyi Volga, Qirgʻiziston va Qozogʻistonda ham Sholi yetishtiriladi.

Sholining ildizi popuk ildiz, uzun (1m gacha). Poyasi poxolpoya, 50 sm dan 3—5 m gacha. Asosan, 3—5, siyrak ekilganda va koʻp oziqlantirilganda 30 va undan ortiq poya chiqaradi. Yotib qolmaydigan navlarining poyasi mustahkam. Bargi yashil, qizgʻish yoki binafsha rang, toʻpguli shingil, boʻyi 10—30 sm, oʻzidan changlanadi. Bir gulli boshoqchalari 2tartib shoxchalarida joylashgan. Mevasi poʻst (parda) li don; doni uzun ensiz (hind Sh. si) yoki dumaloq enli (yapon Sholisi); sindirilganda oq, shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon. 1000 ta doni ogʻirligi 26—45 g. Har xil tur va navlarni uzoq asrlar davomida qaytaqayta chatishtirish natijasida har bir mamlakatning tuproqiqdim sharoitiga mos Sholi navlari va shakllari paydo boʻlgan.

Sholi bahori issiqsevar va yorugʻsevar qisqa kun oʻsimligi, urugʻi tuproq harorati 10—12° boʻlganda unib chiqadi, 22—27° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Vegetatsiya davri 120—130 (Oʻzbekistonda 100—145) kun, Sholi sugʻorib oʻstiriladi (sugʻorish normasi 16—24 ming m3/ga). Tuplanish, naychalanish davrida 5—25 sm qalinlikda suv bostiriladi. Mum pishiqlik davrida suvchiqarib tashlanadi. Sholi qora, kashtan, botqoq tuproqlarda yaxshi oʻsadi.

Jahondagi koʻpgina (asosan, Osiyo) mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini va aholining asosiy oziqovqati (2004-yil BMT tomonidan «Sholi yili» deb eʼlon qilindi). Oʻzbekistonda tantana, toʻybayramlarda guruchdan tayyorlanadigan palov zaruriy taom hisoblanadi. Doni (guruchi) oq, qizil, qora rangda, toʻyimli, tarkibida 76,1% kraxmal, 17— 24% amilaza, 2,6% oqsil, 3,9% qand, 1,8% dekstrin, 1 — 1,5% yogʻ, 1,4% kul va 0,2% kletchatka, V,, V2, RR vitaminlari bor. Donidan guruch, kraxmal, moy (murtagidan), spirt, pivo, turli ovqatlar tayyorlanadi; koʻpchilik xalqlarda non oʻrnini bosadi. Poxolidan sifatli qogʻoz, karton, arqon, toʻqilgan buyumlar, savat, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi. Terti (kepagi) mollarga beriladi.

Sholi sugʻorish va almashlab ekish tizimida oʻstiriladi. Oʻzbekistonda Sholi shoʻrlanmagan yoki turli darajada shoʻrlangan yerlarga bahorda, apr. ning 2-yarmida ekiladi (baʼzi mamlakatlarda niholi koʻchat qilib yetishtiriladi). Oʻzbekiston sharoitida Sholi ekiladigan maydonlarga gektariga 120-180 kg 14, 120—150 kg R205, 100—150 kg K20 solinadi, suv bir meʼyorda ushlab turiladi, keyinchalik 10 sm gacha koʻtariladi, Sholi sargʻayib pishishiga yaqin suv berish toʻxtatiladi. Pishgan Sholi yoppasiga kombaynlar bilan oʻribyigʻib olinadi.

Navlari: Sh. ning 10 mingdan ortiq navi bor. Oʻzbekistonda ilmiy asosda Sholi navlari yaratish 1930-y. lardan boshlandi. 90-y. lardan Oʻzbekiston sholikorlik intida chiqarilgan ertapishar, serhosil (potensial hosildorligi 60—95 s/ga), sifatli guruch olinadigan Avangard, UzROS 713, Nukus 2, Lazurnmy, Alanga, Istiqbol, Istiqlol, Tolmas, Arpa sholi («devzira»), Sanam va boshqalar 14 dan ortiq navlari ekiladi.

Oʻzbekiston Sholikorlik institutida sholikorlikni rivojlantirish, yangi navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish, Sholi yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha yirik ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi.

Zararkunandalari: sholi pashshksi, sholipoya uzunburuni, qirgʻoq chivini va boshqalar Kasalliklari: pirikulyarioz, ildiz chirishi, gelʼmintosporioz, nematoda kasalliklari, fuzarioz va boshqalar Ad.: Sholikorlik, T., 1967; Zaurov D. E., Sborshikova M. P., Risovodstvo, T., 1989; Umarov Z. U., Zaurov D. E., Kultura risa s peresadkoy, T., 1989.

Gʻiyos Rahimov.


Lotin alifbosida maqola: SHOLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
HINDISTON
OSIYO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты