STAFILOKOKK

STAFILOKOKK (yun. staphyle — shingil va kokklar) (Staphylococcus) — Micrococcaceae oilasiga mansub sharsimon bakteriyalar turkumi; S. ni R. Kox (1878-y.) va L. Pasterlar (1880-y.) birinchi boʻlib aniqlashgan. F. Rozenbax (1884-y.) bemorlarning yiringli yalligʻlangan oʻchoqlaridan Stafilokokkni ajratib olib, uning biokimyoviy xossalarini oʻrgangan. Stafilokokk yumaloq shaklda boʻlib, surtmalarda, asosan, uzum shingiliga oʻxshab koʻrinadi. Stafilokokk harakatsiz, fakultativ, anaerob, grammusbat, xivchin va spora hosil qilmaydi, patogen turlarida mikrokapsulasi bor. S. tabiatda keng tarqalgan mikroorganizmlar boʻlib, ularning saprofit, shartlipatogen va patogen turlari mavjud. Odam terisi va shilliq qavatlarida 14 turi uchraydi.

S, asosan, havoda, suvda, odam va hayvonlarning normal mikroflorasi tarkibida, patogen turlari mikrob tashuvchi odam, hayvonlarda uchraydi va ularda kasallik qoʻzgʻatadi. Stafilokokk organizmga, asosan, teri, havotomchi, chang, alimentar yoʻllar orqali kiradi. Hoz. Stafilokokk qoʻzgʻatadigan juda kup kasallik anikdangan. Koʻp hollarda Stafilokokk ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi.

Patogen Stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari, tort, muzqaymoq va b. oziqovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda zaharlanish (toksikoinfeksiya) kuzatiladi.


Lotin alifbosida maqola: STAFILOKOKK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BAKTERIYALAR
OVQATDAN BOʻLADIGAN TOKSIKO-INFEKSIYALAR VA INTOKSIKATSIYALAR
TERI
YER
KOKKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты