STENOBIONTLAR

STENOBIONTLAR (yun. stenos — tor va bios — yashovchi) — tashki sharoit omillari yoki omillar guruhi oʻzgarmaydigan doimiy muhitda yashovchi organizmlar. Haroratga nisbatan stenobiontlik stenoterm, shurlanishga nisbatan — stenogalin, gidrostatik bosimga nisbatan — stenobat deyiladi. Stenobiontlik namlikka, tuproqning kimyoviy tarkibiga nisbatan ham boʻladi. Muayyan omilni kam mikdorda talab kiladigan yoki talab kilmaydigan organizmlarga nisbatan omil nomiga fob qoʻshib ishlatiladi (mas, galofob, kalsefob va b.). S. ga faqat bitga hayvon turida parazitlik qiluvchi yoki simbioz yashovchi, okeanning muayyan chuqurligi bilan bogʻlangan, gʻorda va nam tropik oʻrmonlarda tarqalgan organizmlar kiradi. Birdaniga bir necha omillarga nisbatan stenobiont organizmlar ham boʻladi. Mac, togʻ daryolarida yashaydigan baliklar yuqori harorat va kislorod tanqisligiga, nam tropik oʻrmonlarda tarqalgan hayvonlar va oʻsimliklar nam tanqisligi va pastki haroratga nisbatan Stenobiontlar boʻladi. Stenobiontlik turning tarqalishini cheklab turadi. Stenobiontlarga qaramaqarshi jarayon evribiont deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: STENOBIONTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
OKEAN
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
KISLOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты