SHORAHIMOV Tuygʻun Shonazirovich

SHORAHIMOV Tuygʻun Shonazirovich (1939.20.4, Toshkent) — teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston (1973) va Oʻzbekiston (1983)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Rassomlik sanʼati sirlarini otasi Shonazir Shorahimovdan oʻrgangan. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1957). 1957-yildan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida rassom; 1960-yildan Navoiy teatrida rassom, 1973— 96 yillar bosh rassom. Shorahimov spektakllarning asar ruhiga mos, uning gʻoyasini tomoshabinga yetkazib beradigan sahnaviy koʻrinishlarini yaratdi: Navoiy teatrining opera («Monastirda oʻqilgan nikoh», «Yoriltosh», «Layli va Majnun», «Zebunniso», «Yevgeniy Onegin» va boshqalar) hamda balet («Boqchasaroy favvorasi», «Momaqaldiroq yoʻli», «Don Kixot», «Sevgi va shamshir», «Rustam haqida doston», «Doktor Voyjonim» va boshqalar) spektakllari. ʻ Sh., shuningdek, Qarshi («Hamza»), Toshkent (Hamza teatrining «Alisher Navoiy»; Yosh tomoshabinlar teatrining «Toshkent — non shahri»), Buxoro («Ibn Sino») kabi respublika teatrlarining bir qator spektakllarini badiiy bezadi.


Lotin alifbosida maqola: SHORAHIMOV Tuygʻun Shonazirovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
YAPONIYA
TEATR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты