STEROIDLAR

STEROIDLAR — kimyoviy tabiatiga koʻra izoprenoidlarga mansub organik birikmalar sinfi. Steroidlar tirik tabiatda keng tarqalgan, mikroorganizm, oʻsimlik va hayvonlarda koʻplab uchraydi. Barcha Steroidlar steran uglevodorodlarining hosilalaridir, biogenetik jihatdan esa skvalendan hosil boʻladi. Steroidlar — optik faol kristall moddalar, organik moddalarda suvga qaraganda yaxshi eriydi. Tabiiy Steroidlar quyidagi sinflarga boʻlinadi: sterinlar, oʻtsafro kislotalari, steriod gormonlar (androgen gormonlar, androgenlar, kortikosteroidlar, estrogen gormonlar), yurakfaol steroidlari, yurak glikozidlari, bufogeninlar, steroid sapogeninlar (saponinlar) va steroid alkaloidlar. Tabiiy Sdan tashqari, koʻp sonli «sintetik Steroidlar» ham olingan. Steroidlar tibbiyotda koʻplab ishlatiladi, kimyoda ahamiyati muhim.


Lotin alifbosida maqola: STEROIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
STERINLAR
KIMYO
ORGANIK KIMYO
ALKALOIDLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты