STIPENDIYA (lot. stipendium — haq, maosh) — oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimida oʻqiydigan talabalar, ishlab chiqarish. dan ajralgan xrlda i. t. ishi olib boruvchi aspirant, doktorant va malaka oshirish kurelari tinglovchilariga har oyda muntazam berib turiladigan pul nafaqasi. Oʻzbekistonda Stipendiya davlat byudjetidan toʻlab boriladi. Yangi qabul qilingan talabalarga kirish test savollari boʻyicha olgan ballari natijalariga qarab Stipendiya beriladi. Oliy oʻquv yurti talabalariga oʻqitilayotgan oʻquv fanlarini oʻzlashtirish darajasiga karab Stipendiya mikdori belgilanadi. Talabalarga Stipendiya mikdorini belgilashning tabaqalashtirilgan shakliga amal qilinadi va talabaning sessiya yakuni boʻyicha toʻplagan umumiy reyting bali unga asos qilib olinadi. Bakalavr, magistr va aspirantlar uchun davlat Stipendiya larining turli shakllari joriy etilgan. Ularning eng yuqorisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Stipendiya sidir. 10 yoʻnalish boʻyicha bakalavr (1993-y. dan), magistr (2002-y. dan) va 5 yoʻnalish boʻyicha aspirant (1993-y. dan) larga beriladi. Shuningdek, OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy oʻquv yurtlari bakalavrlari uchun muayyan yoʻnalishlar boʻyicha Alisher Navoiy, Ulugʻbek, Beruniy, Ibn Sino nomidagi davlat Stipendiya lari taʼsis etilgan. Mazkur Stipendiyalar oliy oʻquv yurtlarida aʼlo oʻqiydigan, jamoat ishlarida faol ishtirok etadigan, i. t. ishlari bilan shugʻullanadigan va belgilangan maxsus imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yuqori kurs bakalavrlariga beriladi. Ayrim in-t va un-tlarning turli nomdagi (mas, Zamaxshariy, Behzod nomidagi) Stipendiyalari, jamgʻarmalar (mas, Amir Temur, Sogʻlom avlod uchun jamgarmalari)ning Stipendiyalari ham mavjud. Turli mulk shakllariga asoslangan korxona, firma, qishloq xoʻjaligi. shirkatlari, qurilish, transport, aloqa tashkilotlari tomonidan oliy oʻquv yurtlariga yuborilgan talabalar, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga ana shu korxona, firma, shirkat, tashkilotlarning oʻzlari shartnomada belgilangan miqdorda Stipendiya toʻlaydilar.
Aspirant va doktorantlar Stipendiya sining mikdori oliy oʻquv yurtlari, i. t. institutlarining kategoriyalari hamda ularning aspirantura va doktoranturaga kirish arafasidagi maoshiga qarab belgilanadi. 2001-y. gacha kasbqunar kolleji oʻquvchilariga ham Stipendiya berilgan. Asqarali Sulaymonov.