STIROL (feniletilen, vinilbenzol, etinil benzol, sinnamen) , S6N5SN=SN2 — aromatik uglevodorod, oʻziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Mol. m. 104,14. Suyuqlanish t-rasi —30,628°, qaynash t-rasi 145,2°, zichligi 906 kg/ m3 (20° da). Metanol, etanol, atseton, efirlar, uglevodorodlar, sirka kislotada eriydi, suvda erimaydi. Oʻzi ham koʻpchilik organik moddalarni yaxshi eritadi. Oʻsimlik smolasi (stiraks) da, natural gaz va b. uglevodorod gazlari pirolizi mahsulotlarida, neft maqsulotlarini krekinglash va pirolizlash mahsulotlarida, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir smolalarida, slanes moyida va gʻ. k. da boʻladi. Stirol kimyoviy reaksiyalarga shiddatli kirishadi, polimerlanadi. S, asosan, polistirol, shuningdek, turli sopolimerlar, mas, butadiyenstirol kauchuklar, poliefir smolalar ishlab chiqarish. da qoʻllanadi; stirolning divinilbenzol bilan sopolimerlari ion almashinuvchi smolalar sifatida ishlatiladi.
Stirolning bugʻlari shilliq pardalarga taʼsir etadi, uning havoda ruxsat etiladigan konsentratsiyasi 5 mg/m3. S. sanoatda, asosan, 500—630° trada suv bugʻi oqimida etilbenzolni katalitik degidrogenlab olinadi.