BUTADIYENSTIROL KAUCHUKLAR

BUTADIYENSTIROL KAUCHUKLAR, divinilstirol kauchuklar — butadiyen bilan stirolning sopolimerlari. Butadiyenstirol kauchuklar monomerlarni suvli emulsiyada 5° (past trali) yoki ~50°da (yuqori trali) sopolimerizatsiyalab olinadi. Ularda boglangan stirol mikdori 8,23 yoki 45% atrofida boʻladi. Butadiyenstirol kauchuklar och sariq rangli birikma boʻlib, aromatik va alifatik uglevodorodlarda eriydi, surkov moylari bilan taʼsirlashadi, ketonlar, suyultirilgan va konsentrlangan kislotalar taʼsiriga chidamli; suvga chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukdan yuqori turadi. Butadiyenstirol kauchuklarni vulkanizatsiyalash uchun asosan oltingugurt ishlatiladi. Tarkibida 8% atrofida bogʻlangan stirol boʻlgan Butadiyenstirol kauchuklardan yasalgan rezina elastik va sovuqqa chidamli. Ular avtomobil shinalari, transportyor tasmalari va b. narsalar i. ch. da qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: BUTADIYENSTIROL KAUCHUKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUTADIYEN- NITRIL KAUCHUKLAR
BUTADIYEN KAUCHUKLAR
AVTOMOBIL
BUYUK BRITANIYA
BUTADIYEN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты