BUTADIYEN – NITRIL KAUCHUKLAR, divinil nitril kauchuklar — butadiyen va akrilonitrilning sopolimer hosilalari. Monomerlarni suvli emulsiyada 5° da («sovuq polimerizatsiya») yoki 30° da («issiq polimerizatsiya») emulgator ishtirokida sopolimerizatsiyalab olinadi. Butadiyen- nitril kauchuklar bogʻlangan akrilonitril mikdori 17 — 45%. Rangi och sariqdan toʻqjigarranggacha. Moylar. benzin, alifatik uglevodorodlar taʼsiriga chidamli; ketonlarda, xlorlangan uglevodorodlarda eriydi. Butadiyen- nitril kauchuklarni vulkanizatsiyalashda asosan oltingugurtdan, organik disulfid va peroksidlardan foydalaniladi. Butadiyen- nitril kauchuklar dagi bogʻlangan akrilonitril miqdori oshishi bilan uning mustaxkamligi, moy va benzinga chidamliligi ortadi, lekin elastikligi hamda sovuqqa chidamliligi kamayadi. Sanoatda Butadiyen- nitril kauchuklar oʻralgan lenta, briket, donador boʻlakchalar shaklida chiqariladi. Chet ellarda xemigum, perbunan, buna N, nipol, parakril va b. nomlar bilan maʼlum.
Butadiyen- nitril kauchuklardan uzatma tasmalar, poyabzal tagliklari, yonilgʻi saqlanadigan idishlar, elektr simlari qoplamalari, ebonit hamda moy va benzinlarga chidamli buyumlar ishlab chiqariladi. Plastmassalar uchun plastifikatorlar sifatida ham qoʻllaniladi.