SHOH SHUJO

SHOH SHUJO (1617-1661) boburiy shahzodalardan. Shoh Jahonning 2-oʻgʻli, onasi Mumtoz Mahal Begim. Shoh Jahon uni 1639 yil da Bangalga hokim etib tayinlagan. 1642-yilda unga Orissa ham tortiq qilingan. Shoh Shujo atrofidagi boshqa yerlarni ham zabt etgan, yaʼni amalda Sharqiy Hindiston uning tasarrufida boʻlgan. U bu oʻlkalarda 20 yildan ortiq (1639—60) hukmronlik qilgan. Shoh Jahon 1657-yilning dek. da Bangalda oʻzini podshoh deb eʼlon qilgan. Otasi vafot etgach, akauka shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanib ketgan. 1659-yil 5 yanv. da Avrangzeb Sh. Sh. ni jangda magʻlub etadi, u qolganqutgan askarlari bilan Bangalga qochgan. 1660-yilda oilasi va navkarlari bilan Arakan (hoz. Myanma) ga panoh istab kelgan, avval Makkaga, undan yo Turkiyaga, yo Eronga oʻtib ketish niyatida boʻladi, lekin ayrim maʼlumotlarga qaraganda, oʻsha yerda bolachaqasi bilan birga oʻldirib yuboriladi.

Shoh Shujo oʻqimishli, madaniyatli shaxs boʻlgan, saroydagi shoir va olimlarni ragʻbatlantirgan. Bunyodkorlik ishlari olib borgan — Bara Katra (Katta saroy), Iydgoh, Husayniy dolon, masjidlar, Anand saroʻvar nomli katta suv havzasi qurdirgan, atrofida Devoni xos, Deyuni om, hammomlar, favvoralar bunyod ettirgan.


Lotin alifbosida maqola: SHOH SHUJO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
HINDISTON
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты