SHOHNISHINTEPA

SHOHNISHINTEPA — arxeologik yodgorlik; atrofi qishloqdan iborat boʻlgan qasrkoʻshk xarobalari (7—13-asrlar boshi). Toshkentning shim. gʻarbiy qismi (Eski shahar)da Kaykovus anhori boʻyida joylashgan. Rivoyatlarga koʻra, Turon podshosi Afrosiyob oʻz fuqaro vakillarini shu qarorgohda qabul qilgan. Yodgorlik Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan qayd etilgan (19-asr oxirlari). 20-asrning 50-y. larida M. Ye. Masson tomonidan oʻrganilgan. 1968—69 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Shohnishintepada tabiiy soz tuprokli doʻnglik ustida qad koʻtargan koʻshk xarobalari va 7—8-asrlarga mansub madaniy qatlam saqlangan. 9—10-asrlarda koʻshk xarobalari Binkat rabodiga tutashib, shahar mahallakoʻylariga birlashib ketgan. Shohnishintepada kulolchilik ustaxona va xumdonlar qoldiqlari qayd etilgan. Binkat rabodining mahallasi sifatida mavjud boʻlgan Shohnishintepa 13-asr boshida vayron etilgan.


Lotin alifbosida maqola: SHOHNISHINTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
TOSHKENT VILOYATI
ARXEOLOGIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты