SHOHRUXBIY

SHOHRUXBIY, Shohrux, Shohruxxon (taxm. 1680/81 1721) Qoʻqon xonligi asoschisi va birinchi xoni (1709—21). A/sh/ glardan. Rivoyatlarga koʻra, Shohruxbiy Oltin Beshik avlodidan boʻlgan. Mulla Olimning «Tarixi Turkiston» asarida keltirilishicha, oʻzbeklar Chodak xoʻjalari hukmronligi asoratidan xalos boʻlishga ahd qilib Oltin Beshikning avlodi Shohruxxon Ashurbek oʻgʻlini Targʻovada xon qilib saylashga qaror qildilar.

Shohruxbiy oʻrda va qoʻrgʻon uchun qulay joy tanlashga farmon beradi. Yuborilgan odamlar «Koʻk toʻnliklar» yashaydigan ikki soy oraligʻida joylashgan hududni qulay joy, deb hisoblaydilar. Ular bu yerda ark quradilar va uning atrofida saroy va binolar qura boshlaydilar. Shundan keyin Shohruxbiyni taxtga oʻtkazadilar (1709).

Shohruxbiy davrida xonlik oʻz tasarrufiga Qoʻqon, Isfara va Margʻilon atroflarini qoʻshib olgan. Shohruxbiydan soʻng taxtga uning katta oʻgʻli Abdurahimbiy oʻtirgan.


Lotin alifbosida maqola: SHOHRUXBIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты