SHPITTELER

SHPITTELER Karl (asl ismi; taxallusi Feliks Tandem, Tapyegp) (1845.24.4, Listal — 1924.29.12, Lyutsern) — shveysariyalik yozuvchi. Nemis tilida ijod qilgan. Bazel, Syurix, Geydelberg untlarida huquq va teologiya boʻyicha tahsil olgan. Dastlabki epik dostoni — «Prometey va Epitemiya» (1880—81; sheʼriy varianti «Chidamli Prometey», 1924). Shundan soʻng Shpittelerning «Gʻayritabiiylik haqida» (1883) dostoni, «Kapalaklar» (1889) lirik sheʼrlar toʻplami, «Kolderi aymogʻi kichkina Fred» (1892), «Gustav» (1892) nasriy asarlari va «Adabiy afsonalar» (1892) satirik sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. «Olimpiya bahori» (1910, 5 kitob) epik dostoni mashhur. Doston 8 satrli uslubda yozilgan boʻlib, mifologiya, yumor, fantaziya, din, allegoriya aralashmasidan iborat. Nobel mukofoti laureati (1919).


Lotin alifbosida maqola: SHPITTELER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
SHVEYSARIYA
FRANSIYA
MIFOLOGIYA
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты