MIFOLOGIYA

MIFOLOGIYA (mif… va… logiya) — 1) muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui. Mas, yunon Mifologiyasi, hind M. si, oʻzbek Mifologiya si. Insoniyat maʼnaviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan Mifologiya ibtidoiy madaniyatning negizi, olamni idrok etishning asosiy vositasi, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblangan. Mifologiyaning asosini kad. odamning koinot, tabiat, inson, samo jismlari, narsa va hodisalarning paydo boʻlishi haqidagi asotirlar tashkil etadi.

Mifologiyaning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar toʻgʻrisidagi shamsiy, qamariy va astral miflar, olamning paydo boʻlishi haqidagi samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi an-tropogenik miflar, qad. eʼtiqodiy qarashlarni oʻzida ifoda etgan totemistik, animistik va kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlarda esa tabiiy-ik/shmiy oʻzgarishlarning ramziy-metaforik talqinlari asosiga qurilgan taqvimiy (kalendar) miflar va ulibtiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar keng tarqalgan. Xususan, Osiris (Qad. Misr), Adonis (Finikiya), Dionis (Yunoniston), Siyovush (Oʻrta Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar shu tariqa yuzaga kelgan. Oʻzining ilk tarak,qiyot bosqichida eng sodda ibtidoiy ishonchlardangina iborat boʻlgan Mifologiya insoniyat tafakkurining tadrijiy rivoji davomida olam, jamiyat va tabiat haqidagi asotiriy syujetlar, mifik obraz va tasavvurlar silsilasini oʻz ichiga olgan mukammal tizimga aylangan.

Ijtimoiy ongning animizm, totemizm, fetishizm kabi qad. shakllari Mifologiya b-n chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy dunyokarash tizimi sifatida shakllangan Mifologiya qad. diniy eʼtiqodlarning ilk kurtaklari, ajdodlarimizning falsafiy, axlokiy va ijtimoiy qarashlari, olam va odam hayotiga doyr eng sodda ilmiy talqinlar, voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosiga qurilgan ramziy-metaforik obrazlar, shuningdek, soʻz sanʼ-ati, marosimlar tizimi va mifologik tafakkurning turli xil shakllarini oʻz ichiga kamrab olgan. U kad. odamning borliq olamni idrok etishga doyr tasavvur va qarashlarini oʻzida jamlagan izchil tizim sifatida ibtidoiy mafkuraning yetakchi gʻoyasi boʻlib xizmat qilgan. Mifologiya ibtidoiy insonning ilmiy, diniy, falsafiy va badiiy karashlarini oʻzida mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Shu bois Mifologiya folklor, yozma adabiyot, sanʼat va maʼnaviy qadriyatlarning shakllanishi uchun ilk zamin vazifasini oʻtagan; 2) miflarni tadqiq etuvchi, oʻrganuvchi fan, mifshunoslik. Mifologik tasavvurlar mohiyatini anglash va ularni ilmiy talqin qilishga boʻlgan ilk urinishlar antik davr olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Xususan, Platon asotirlarni falsafiyramziy nuqtayi nazardan talqin qilgan boʻlsa, yunon faylasufi Evgemer (mil. av. 3-a.) mifik obrazlarni oʻtmishda yashab oʻtgan real tarixiy shaxslarning timsoliy ifodasi deb bilgan. 19-a. ning 1-yarmida Germaniyada «mifologik maktab» yuzaga kelgan. Mifologik maktabning nazariy asoslari nemis filologlari aka-uka Ya. va V. Grimmlarning «Nemis mifologiyasi» kitobida bayon kilingan. Ular xalq ertaklarini tax. lil qilish jarayonida qad. mifologik tasavvurlarning epik syujetlar tarkibidagi qoldiklarini aniqlashgan va hindevropa xalqdari Mifologiyasi yagona negizga borib taqaladi, degan muhim ilmiy xulosaga kelishgan. Ana shu nazariyani rivojlantirgan A. Kun, V. Shvars, V. Mannxardt (Germaniya), M. Breal (Fransiya), M. Myuller (Angliya), F. I. Buslayev, A. N. Afanasyev, O. F. Myuller, A. A. Potebnya (Rossiya) kabi olimlar miflarni qiyosiy tadqiq etishgan. Keyinchalik jahon mifshu-nosligida koʻplab yangi ilmiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan. Xususan, ingliz qiyosiy etnografiyasining yutuklari asosiga qurilgan «antropologik maktab» (E. Taylor, E. Lang, G. Spenser, J. Freyzer); mif va marosimlarni oʻzaro uzviyliqda tadqiq etgan kembrijlik mifshunoslarning «ritualistik maktab»i (D. Xarrison, F. M. Kornford, A. B. Kuk, G. Marri); ibtidoiy madaniyatning ruhiy asoslarini oʻrgangan fransuz etnologlarining «ijtimoiy maktabi» (E. Dyurkgeym, L. Levi-Bryul); mifologik tafakkurning intellektual hodisa sifatidagi oʻziga xosligini yoritib bergan «simvolistik maktab» (E. Kassiyer, V. Vundt, K. G. Yung—Germaniya); «strukturual maktab» (K. Levi-Stross—Fransiya) vakillarining asarlarida miflar turli nuqtayi nazardan taxdil kilingan. Oʻzbek Mifologiyasi esa Gʻ. Akramov, B. Sarimsoqov, T. Haydarov, T. Rahmonov (mif va epos), M. Joʻrayev, Sh. Turdimov (oʻzbek Mifologiya sining obrazlar silsilasi va genetik asoslari), Sh. Shomusarov (oʻzbek va arab Mifologiya sining qiyosiy tahlili) kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

Ad.:L an g E., Mifologiya, per. s angl. Mifologiya, 1901; M ye l yeti n s k i y Ye. M., Poetika mifa, Mifologiya, 1976; Stebl i n – Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; Akramov G., Mifologiya v oʻzbekskom narodnom tvorchestve, AKD, Baku, 1980; Sarimsoqov B., Epik janrlar diffuziyasi // Oʻzbek folklorining epik janrlari, T., 1981;Taylor E., Pervobыtnaya kultura, Mifologiya, 1989; Dyakonov I. M., Arxaicheskiye mifы Vostoka i Zapada, M„ 1990; Xuk S. G., Mifologiya Blijnego Vostoka, Mifologiya, 1991; Sagalayev A. M., Uralo-altayskaya mifologiya, Novosibirsk, 1991; Joʻraye v M., Shomusarov Sh., Oʻzbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.

Mamatqul Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: MIFOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MIF
YER
XALQ IJODI
YUNONISTON
IBTIDOIY JAMIYAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты