MIF

MIF (yun. mithos — afsona, rivoyat, asotir) — qad. odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Mif qad. odamning voqelikka boʻlgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qad. tasav-vurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izoxlasada, Mif yaratilgan va ommalashgan joyida oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda boʻlib oʻtgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan.

Qad. odamning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzida ifodalagan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan Mif larning ommalashish usullari ham turlicha boʻlib, asosan, jonli ogʻzaki ijro orqali, yaʼni soʻz vositasida hikoya qilib berilgan.

Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning magʻzini tashkil etuvchi ramziy xattiharakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida xam namoyish qilingan. Qad. tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi buyumlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan.

Miflar quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) ibtido haqidagi Miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi Miflar);

2) samoviy Miflar ( osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqidagi Miflar);

3) antropogenik Miflar (gʻayrioddiy xislatga ega boʻlgan afsonaviy pahlavonlar, mas, Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va b. haqidagi Miflar);

4) sigʻinish M. lari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq, mas, xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqidagi Miflar);

5) etnogenetik Miflar (urugʻqabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador Mif lar; mas, 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi haqidagi Mif);

6) kalendar M. lar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq Miflar, mas, ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq Miflar);

7) esxatologik Miflar (olamning in-tihosi haqidagi, mas, oxirzamon toʻgʻrisidagi Mif).

Ezgulik kuchlarining zulmatni oʻziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini oʻzida aks ettirgan qad. Miflar badiiy tafakkurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy soʻz vositasida talqin qilish anʼanasi kelib chiqqach, qadimgi Mif larning asosiy qismi soʻz sanʼ-atining turli janrlariga singib ketgan. Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodiyotidagi koʻplab epik syujet va anʼanaviy motivlarning genetik ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. Miflar «Avesto», «Iliada», «Ramayana», «Shoh-noma», «Kalevala», «Alpomish», «Goʻroʻgʻli» kabi adabiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmokdi oʻrin tutgan.

Ad.: Meletinskiy Ye. M., Poetika mifa, Mif, 1976; Stebl i n – Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; Mifы narodov mira. V dvux tomax, Mif, 1991; Joʻrayev M., Shomusarov Sh., Oʻzbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.

Mamatqul Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: MIF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XALQ IJODI
MIFOLOGIYA
IBTIDOIY JAMIYAT
FOROBIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты