SUBTROPIK GʻOʻZALAR

SUBTROPIK GʻOʻZALAR, gʻoʻzaning subtropik shakllari — hozir ekilayotgan Gʻuzaning yuksak darajada madaniylashtirilgan evolyutsion shakllari. Ular xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan qariyb barcha belgi va koʻrsatkichlar boʻyicha uzoq tanlash va jahon paxtachiligining qimmatli genofondi mahsulidir. Subtropik gʻoʻzalar uzoq yashamaydigan, simpodial va keskin simpodial yarim oʻtsimon buta. Tuklanish darajasi, barg plastinkasining kattaligi va shakli, chigitlarining tuklanishi, tupining tipi, boʻgimlari oraligʻining uzunligi, simpodial shoxlarining tipi, koʻsaklarining kattaligi va shakli, tolasining uzunligi, tola chiqishi va b. sifatlari oʻzgarib turadi. Tolasi oq, och sariq, baquvvat va uzun; yovvoyi holda oʻsish qobiliyatini yoʻqotgan. Subtropik gʻoʻzalar turli kasalliklarga nisbatan ekologik chidamliligi, hosildorligi, koʻsagining yirikligi, tolasining texnologik sifati yaxshiligi tufayli dunyodagi gʻoʻza ekiladigan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan. Arealning turli qismlarida agroekologik sharoitlarga koʻra ekologikgeografik shakllarning oʻsha joylar sharoitiga moslashgan guruxlari, mas, Meksika gʻoʻzasintg Sharqiy Amerika, Oʻrta Osiyo, Shim. Xitoy, Jan. Afrika, Bolqon va b. da oʻsadigan alohida guruxlari shakllangan.

Abdumavlon Abdumayev.


Lotin alifbosida maqola: SUBTROPIK GʻOʻZALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GʻOʻZA
SELEKSIYA
RUDERAL GʻOʻZALAR
PAXTA TOLASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты