SUBHONQULIXON

SUBHONQULIXON (1625 Buxoro 1702.14.9) — Buxoro xoni (1680—1702), Balx hokimi (1651—80), ashtarxoniylardan. Hadp Muhammadxonning oʻgʻli. Nadr Muhammadxon Buxoro xoni boʻlgach, oʻgʻli Subhonqulixonni Soli Saroy shahri, soʻngra Balx viloyati xrkimi qilib tayinlaydi (1642). Koʻp oʻtmay u bu lavozimdan olinib, Kyahmerdga hokim boʻlgan. Subhonqulixonning katta akasi Abdulazizxon otasini hokimiyatdan chetlashtirib, Buxoro xoni boʻlgach, S. Balxga — otasi huzuriga yoʻl olgan. S. Balx viloyatida mustahkam oʻrnashib olib, Balx va Badaxshon hokimligini qoʻlga kiritgan (1651). S. Buxorodan mustaqil siyosat yuritgan. 1658-y. da Abdulazizxonning piri Abdulgʻafforxoʻja vositachiligida Buxoro va Balx oʻrtasida tinchlikka erishilib, Subhonqulixon akasining hokimiyatini rasmiy tan olgan. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha, 1680-y. 2 fev. da keksayib qolgan Abdulazizxon Subhonqulixonga Buxoro xonligi taxtini topshirib, oʻzi hajga joʻnaydi. Subhonqulixon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun soliqlar miqdorini oshirib, qoʻshinni koʻpaytirgan. Anushaxonnnng vorisi Arang Muhammadxon 1687-y. Buxoroga bosqin qilganida Subhonqulixon bu hujumni qaytarish bilan cheklanmay, 1688-y. da oʻldirilgan xon oʻrniga Xiva taxtiga oʻz noibi amir Niyoz eshik ogʻaboshi (Shohniyoz)ni oʻtqazgan. Shu tariqa Abdullaxon II davridagidek Xiva xonligi yana Buxoroga qoʻshib olingan va mintaqada yagona oʻzbek davlati qaror topgan. Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining Sharq davlatlari bilan diplomatik munosabatlari yaxshilangan. Boburiylardan Avrangzeb 1689-y. da Zabardastxon, Usmonli turk sultonlaridan Agʻmad I 1691-y. da Mustafo chovush boshchiligidagi elchilarni Buxoroga joʻnatgan. Subhonqulixon bilan Avrangzeb oʻrtasida bir necha marta (1671—87) oʻzaro maktublar almashilgan. Subhonqulixon tomonidan Balx va Buxoroda koʻplab meʼmoriy obidalar, jumladan, Balxda Madrasa, Buxoroda Dor ushshifo, Registonda katta hovuz; Arkda salomxona va jome masjidi, shuningdek, Aminobodda chorbogʻ qurilgan. Bu davrda, ayniqsa, tibbiyot ilmi va adabiyot rivojlangan. Dor ushshifoda bemorlarni davolash bilan bir qatorda ilmiy ishlar ham olib borilgan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi boʻlgan. U «Ihyo attibbi Subhoniy» («Subgʻoniy tibbiyoti boʻyicha davolash»), «Lubb ullavoyih ulqamar filixtiyorot» («Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati») nomli ilmi nujumga oid risola yozgan. Subhonqulixon «Nishoniy» taxallusi bilan sheʼrlar bitib, saroyda oʻtkazilgan mushoiralarda oʻzi ham sheʼrlar aytgan.

S. Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasidagi Daxmai shohonda (Abdullaxon II qabri yaqinida) dafn etilgan.

Manbalar: Mir Muxammad Amini Buxari, Ubaydullaname, T., 1957; Muxammad Yusuf Munshi, Mukimxanskaya istoriya, T., 1956; Xoja Samandar Termiziy, Dastur ulmuluk, T., 1997.

Ad.: Istoriya Oʻzbekistana (XVI—I polovina XIX v.), t. 3, T., 1993.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: SUBHONQULIXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NADR MUHAMMADXON
BUXORO XONLIGI
TOSHKENT
AMIR TEMUR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты