SUV MASSALARI — suv havzasining maydoni va chuqurligi bilan oʻlchanadigan va muayyan tabiiygeografik sharoitlarda shakllanadigan fizikkimyoviy xususiyatlari kiyosan bir xil boʻlgan suv xajmi. Suv massalarini shakllantiradigan asosiy omillar mazkur oʻlkaning issikdik va suv balansi, yaʼni uning asosiy koʻrsatkichlari tra va shoʻrlikdir. Yuzaga kelgan joydan uzoklasha borgan sari Sm. issiklik va suv balansi taʼsirida oʻzgaradi, tevarakatrofdagi suvlar bilan aralashadi. Dunyo okeanining vertikal strukturasida kuyidagi Sm. ajratiladi. Har bir okeanning oʻziga xos Sm. bor. Mas, Atlantika okeanida Golfstrim, Shim. tropik va b. yuza Sm., Shim. subtropik, Jan. subtropik va b. yuza osti Sm., Shim. Atlantika, Jan. Atlantika va b. oraliq Sm., Oʻrta dengiz Sm., chuqur Suv massalari ; Tinch okeanda — Shim. tropik, Shim. markaziysubtropik, Jan. tropik va b. yuza osti Sm., Shim. Tinch okean, Jan. Tinch okean va b. oraliq Sm. Tinch okeanning chuqur Suv massalari dir.