SUVAYSH KANALI

SUVAYSH KANALI — Misrning shim. sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali. Oʻrta dengizni Qizil dengiz bilan birlashtirib turadi. Atlantika va Hind okeanlari oʻrtasidagi eng qisqa suv yoʻli (Afrikani aylanib oʻtishni 8—15 ming km ga qisqartiradi). Suvaysh kanali xududi Osiyo bilan Afrika oraligʻidagi shartli geografik chegara deb qabul qilingan. Kanal kema qatnovi uchun 1869-y. 17 noyab. da rasmiy ochilgan. Uz. 161 km (kanalning chikishdagi davomi bilan esa 173 km). Kengligi 120—150 m, oʻzanining tubida 45—60 m. Chukurligi farvaterida 12,5 — 13 m. Kemalar kanalni oʻrtacha 11—12 soatda suzib, oʻtadi. Kanalga kiraverishdagi eng yirik portlar: Oʻrta dengizda Port Sayd va Qizil dengizda Suvaysh. S. k. trassasi Suvaysh buyninnng eng tor va past qismidan, qator koʻl (Timsoh koʻli, Katta va Kichik Shoʻr koʻllar) hamda Manzala lagunasi orqali oʻtgan. Kanal zonasini ichishga yaroqdi suv bilan taʼminlash uchun Nil daryosidan uz. 180 km chuchuk suvli Ismoiliya va Port Sayd yoʻnalishida Abbosiya kanallari qazilgan (Qadimgi Misrda mil. av. 2 ming yillikda Nil daryosini Qizil dengiz bilan bogʻlagan kanal — Firʼavnlar kanali qazilgan). Suvaysh kanali neftga boy Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarini hamda Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikani Gʻarbiy Yevropa bilan bogʻlovchi xalqaro dengiz yoʻlida joylashgan. Kanalda tashilayotgan jami yuklarning 70% dan koʻprogʻi neft va neft mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Kanal qurilishi 1859-y. 25 apr. da fransuz (Linan va Mujel) va italyan (Negrelli) muhandislari loyihasi boʻyicha boshlangan. Kanal qazishda har oyda Misr dehqon (falloh) laridan 60 ming kishi majburan jalb qilingan. 1882-y. da Angliya Misrni bosib olgach, Suvaysh kanali Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi eng katta harbiystrategik bazasi boʻlib qoldi. Suvaysh kanalini 1956-y. ga qadar, asosan, Angliya va Fransiyaga qarashli kompaniyalar boshqarib kelgan. 1956-y. 26-iyulda Misr hukumati kanalni natsionalizatsiya kildi. Kanal orqali oʻtadigan kemalardan olinadigan boj haqi MAP iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: SUVAYSH KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
OSIYO
HIND OKEANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты