SHOʻRVA

SHOʻRVA — suyuq ovqat turi. Tayyorlash usuliga koʻra, Shoʻrvaning qovurma Shoʻrva va qaynatma Shoʻrva ; solinadigan masalligʻiga koʻra sholgʻom Sh., noʻxat Sh., doʻlmali Shoʻrva, vermishel Sh., shovul Sh., karam Sh., kabi yigirmadan ortiq turi bor. Qovurma Shoʻrva — qoʻy yogʻi kubik qilib toʻgʻraladi va qozonga solib chalaroq eritiladi. Goʻsht boʻlaklarga boʻlinib, yogʻ bilan birga qizarguncha, soʻngra toʻgʻralgan piyoz va pomidor qoʻshib yana 7—10 min. qovuriladi, kartoshka solib birikki aylantiriladi va suv quyiladi. Suv qaynab chiqquncha qozonga tuz, bir dona qizil qalampir, toʻgʻralgan ukrop va kashnich solinadi. Shoʻrva qaynab chiqqach, olovi pasaytirilib, yana 1 soatcha mildiratib qaynatiladi. Qaynatma Shoʻrva — qoʻy goʻshti (toʻshi, qovurgʻasi, ozgina yogʻi) qozondagi sovuq suvga solib qaynatiladi. Shoʻrvaning koʻpigi olinmaydi (piyoz solingach, koʻpigi oʻzoʻzidan yoʻqolib ketadi). Shoʻrvaga piyoz bilan birga archilgan butun sabzi, toʻgʻralgan pomidor, tuz va ziravorlar solinadi. Shoʻrva 40—50 min. qaynagach, archilgan butun kartoshka solinadi va olov pasaytirilib, mildiratib qaynatiladi. Kartoshka pishishi bilan, Shoʻrva olovdan olinib, dasturxonga kosalarda tortiladi.


Lotin alifbosida maqola: SHOʻRVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PALOV
YOGʻ
KARAM
PIYOZ
MOXORA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты