SHOʻRTAN GAZ-KIMYO MAJMUASI

SHOʻRTAN GAZ-KIMYO MAJMUASI — jahondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. «Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar shoʻba korxona. Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi Shoʻrtan shaharchasida joylashgan. 150 ga dan ortiq maydonni egallaydi. Mahalliy konlardan olinadigan gazni qayta ishlab, organik sintez, polietilen, yoqilgʻi gazi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, donador oltingugurt, polietilen tagliklar, polietilen plenkalar ishlab chiqaradi.

Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi 1998-yildan boshlangan. «Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasining mustaqillik yillarida amalga oshirgan eng yaxshi loyihalaridan va xalqaro hamkorlik mahsullaridan biridir. 2001-yilda ishga tushirildi. 2002 yil 15 avg. da birinchi polietilen olindi.

Majmua qurilishida AQSHning «ABB Lummus Global», «Honeywell», Germaniyaning «Fisher», «Ermafa», Kanadaning «Nova Chemicals», Italiyaning «Renco», «ABB Soimi», Yaponiyaning «Mitsui», «Nisho Ivai», Fransiyaning «Upedex», Rossiyaning S«oyuzvneshtrans», VNIIGaz firma va kompaniyalari faol qatnashdi. Shuningdek, AQSH ning «Eksimbank», «Cheyz Manxetten Bank», Fransiyaning «Pariba», Germaniyaning «Kommersbank», Yaponiyaning «Eksimbank», «Germes» sugʻurta agentligi oʻz investitsiyalari bilan ishtirok etdi. Majmuaning texnologiya qismi gazni tozalash qurilmasi, polietilen granula (donacha)lari ishlab chiqaradigan zddan iborat.

Loyiha quvvatiga koʻra, majmua bir yilda 4,2 mlrd. m3 gazni qayta ishlaydi, 125 ming t polietilen granulalari, 137 ming t suyultirilgan gaz, 103 ming t gaz kondensati, 4 ming t donador oltingugurt, shuningdek, 4,2 mlrd. m3 tovar gaz (yoqilgʻi) ishlab chiqaradi. 2004-yilda 100 ming t polietilen, 85 ming t suyultirilgan gaz, 88 ming t gaz kondensati, 2,6 mlrd. m3 tovar gaz, 100 t oltingugurt ishlab chiqarildi.

Majmua mahsulotining 60% dan ortigʻi xorij — Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston, Boltiqboʻyi, Polsha, Vengriya, Avstriya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarga eksport qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: SHOʻRTAN GAZ-KIMYO MAJMUASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
QASHQADARYO VILOYATI
TOSHKENT
ITALIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты