SHOʻRCHI TUMANI — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevda tashkil etilgan. Shim. dan Oltinsoy, Denov, jan. va gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, sharqdan Uzun tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,85 ming km2. Aholisi 152,3 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shoʻrchi), 1 shaharcha (Elbayon bekati), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Baxtlitepa, Dalvarzin, Jaloyir, Kichik Savur, Oxunboboyev, Oqtumshuq, Sohibkor, Shoʻrchi, Elobod, Yangibozor) bor. Tuman markazi — Shoʻrchi shahri.
Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik va adirlardan iborat. Oʻrtacha bal 400—700 m. Tuman hududi oʻrtasidan Surxondaryo oqib oʻtadi (tuman hududidagi uz. 25 km). Daryo qayirida mavjud boʻlgan Oqtumshuq, Shaldiroq kabi toʻqaylar quritilib, dehqonchilik uchun oʻzlashtirildi. Tumanning jan. gʻarbida Janubiy Surxon, shim. sharqida Degrez suv omborlari qurilgan. Shoʻrchi tumani hududida suvsiz quruq soy koʻp. Bahorda Bobotogʻdan mavsumiy oqimga ega boʻlgan Fayzova, Xoʻjakulsin, Argʻamchi soylari oqib tushadi. Boysun togʻlaridan oqib tushadigan Halqajar daryosi kichik sharsharalar hosil kilgan. Bobotogʻning adir va togʻ zonasida neft, gaz va fosforit konlari topilgan. Iqlimi quruq, tipik subtropik iklim. Yillik oʻrtacha tra 15°, yanv. niki 2,6°. Eng past tra —25°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 29°, eng yuqori tra 46°. Yiliga 240—260 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 230 kun. Baʼzan kuchli shamollar esadi. Tuprogʻi oʻtloqi va boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra, yantoq, pista, togʻ rayhoni, doʻlana, rovoch, alqor va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayran, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, jayra; toʻqaylarda toʻqay mushugi, qobon, chiyaboʻri; qushlardan: mayna, soʻfitoʻrgʻay, kaklik, koʻrshapalak, gʻoz, oʻrdak, turna; sudraluvchilardan oʻqilon, gekkon, koʻzoynakli ilon va boshqalar bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 179,2 kishi (2004).
Xoʻjaligi. Tumanda Do«n mahsulotlar», «Shoʻrchipaxta» aksiyadorlik jamiyatlari, bosmaxona, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish uyushmasi, «Shoʻrchimebel» kompaniyasi, MTP, pillakashlik f-kasi, 2 ta non yopish korxonasi, «Istiqlol» poyabzal ishlab chiqarish korxonasi va boshqalar faoliyat koʻrsatadi. Yirik elevator va 2 ta un tegirmoni ishlab turibdi. Q. x. kompleks rivojlangan, asosan, paxta, gʻalla, shuningdek, meva va uzum yetishtiriladi. Sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilik ham rivojlangan. Yemxashak ekinlari ekiladi.
Tumanda 9 shirkat, 600 ga yaqin fermer xoʻjaligi, 5 ta fermerlar uyushmasi mavjud. Shoʻrchi tumani dagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Shoʻrchi tumani hududidan oʻtgan t. y. uzunligi 28 km. 58 umumiy taʼlim maktabi (43 mingdan ziyod oʻquvchi), bolalar musiqa maktabi, qishloq xoʻjaligi, kommunal xizmat koʻrsatish, tibbiyot kasb-hunar kollejlari, 2 ta maxsus maktab internati, ixtisoslashtirilgan internatmaktabi mavjud. 7 qishloq madaniyat uyi, 5 qishloq klubi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, shahar kutubxonasi, koʻzi ojizlar kutubxonasi aholiga xizmat koʻrsatadi. 290 oʻringa moʻljallangan 4 ta kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 8 qishloq vrachlik punkti, 24 ta dorixona, 3 ta poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalarda 263 vrach, 1100 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman xududida Dalvarzintepa xarobalari joylashgan. Shoʻrchi tumani hududi orqali Moskva — Dushanba poyezdi oʻtadi.
Shoʻrchidan Termiz, Qarluq, Boysun, Denov, Sherobod, Qumqoʻrgʻon, Kofrun yoʻnalishlarida avtobuslar qatnaydi. Termiz — Regar yoʻnalishidagi avtobus ham tuman hududidan oʻtadi. Tuman «Shoʻrchi hayoti» gaz. 1936-yildan chop etiladi (adadi 1710).