TABARIYA KOʻLI, Tveriada koʻli, Gʻanisaret koʻli, Galiley koʻli — Falastin tarixiy viloyatidagi kul, Isroil davlati hududida (koʻlning sharqiy sohilidan Isroilning Suriya bilan chegarasi utgan). Alhor tektonik botigʻining shim. qismida, dengiz sathidan 212 m pastda joylashgan. Mayd. 145 km2. Eng chuqur joyi 48 m. Gʻarbiy va sharqiy qirgʻoklari tik yon bagʻirli, shim. va jan. past. Tabariya koʻli orqali Iordan daryosi oqib oʻtadi. Koʻldan baliqovlanadi. Kema qatnaydi. Gʻarbiy sohilida Isroilning Tiveriya sh. joylashgan. Bibliyaning Yangi axd qismida Tabariya koʻli Isoning afsonaviy faoliyati bilan bogʻliq. Shu sababli kul atroflari dindorlarning ziyoratgoh joyi.