SUZMA GAZKONDENSAT KONI

SUZMA GAZKONDENSAT KONI (Sharkiy) — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan. 1987-y. da ochilgan. Gazli sh. dan 85 km jan. gʻarbda, Chorjuy tektonik pogonasidagi Qorakoʻl egilmasining shim. gʻarbiy qismida, sharqiy suzma strukturasi bilan bogʻliq. Paleozoy, yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklarida 6 ta quduq qazilgan. Yura yotqiziqlari mahsuldor 3 qatlamga boʻlinadi: terrigen (oʻrta yura — quyi kellovey), karbonat (oʻrta kellovey — Oksford) va tuzli angidrit (kimerij— titon). Qatlamlar, asosan, qumtosh, alevrolit, argillit va gildan tarkib topgan. Kesimda kollektorlarning umumiy qalinligi 14—35 m, gʻovakliligi 4—16,5%. Sanoat miqyosidagi gazlar yura davrining karbonat va terrigen yotqizikdarida mavjud. 16gorizontda gaz debiti 15 ming m3/sut. Uyum oʻlchami 4,2×1,7 km. 15 a gorizontdagi gaz debiti 340 ming m3/sut. Uyum oʻlchami 4,5×1,8 km. Barcha gorizontlardagi gazlar yengil (S2N6Q yuqori q6,46%). Komponentlar (%da): metan 89,81, etan 3,89, propan 1,67, izobutan 0,16, nbutan 0,31. Kam oltingugurtli (0,3%), benzin fraksiyasining mikdori 82%. Yura davrining terrigen yotqizikGʻshridagi qatlam suvlarining minerallashganligi oʻrtacha 206 g/l. Suvlar yuqori metamorflashgan boʻlib dengiz genezisiga ega. Kon sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.


Lotin alifbosida maqola: SUZMA GAZKONDENSAT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
BUXORO VILOYATI
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты