TABIIY GEOGRAFIK XARITALAR — tabiatda sodir boʻladigan voqea va hodisalar (tabiat komponentlari)ni alohida yoki ularning qonuniy uygʻunligini (geografik joylashish holatini hamda ular orasidagi oʻzaro bogʻlanishni) tasvirlovchi mavzuli xaritalar. Tabiiy hodisalar xaritalari deb ham yuritiladi. Geologik, geofizik, geokimyo, geomorfologik, meteorologik va iklim, gidrologik (quruqlik suvlari), okeanologik (okean va dengiz suvlari), tuprok, geobotanik, zoogeografik va b. maxsus mavzuli xaritalar (mas., dengiz va dare navigatsiya xaritalari), shuningdek, landshaft xaritalari Tabiiy geografik xaritalarning asosiy tiplari hisoblanadi. Tasvirlanayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usuli va mavzuini umumlashtirish darajasiga qarab analitik (mas., iqlimning alohida elementlari), kompleks (sinoptik, topografik xaritalar) va sintetik (iklimni rayonlashtirish xaritalari) Tabiiy geografik xaritalarga boʻlinadi. Foydalanish maqsadlariga koʻra, oʻquv xaritalari, ilmiymaʼlumotnoma, targʻibot va tashviqot, operativ xoʻjaliklar, navigatsiya, kadastr, yoʻllar, turistik va b. xaritalarga, tasvirlanayotgan maydoniga koʻra dunyo, yarim sharlar, materiklar, okeanlar, aloxida davlatlar, respublikalar, viloyatlar va b. maʼmuriy birliklar xaritalariga boʻlinadi. Aniq maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan xaritalar, mas., tabiiy resurelardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy geografik bashorat va h. k. xaritalar ham ishlanmoqda. Tabiiy geografik xaritalar tuzishda dala kuzatishlari va maxsus syomka (landshaft va b.) materiallaridan, shuningdek, aero va kosmik suratlardan keng foydalaniladi. Tabiiy obyektlarning shakli, oʻlchamlari, sifat va miqsor tavsiyalari hamda dinamikasini har taraflama aks ettirishda mavjud barcha xaritagrafik usullardan foydalaniladi.
1963-y. da Oʻzbekistonning birinchi «Tabiiy geografik atlasi», 1982—85 y. larda 2 kiyemdan iborat «Oʻzbekiston atlasi» ilmiymaʼlumotnoma nashr etilgan. 1994—2004-y. larda Oʻzbekistonning 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli devoriy tabiiy, ekologik, iklim va tabiatni muhofaza kilish xaritalari, 1:2000000 masshtabli Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning tabiiy oʻquv xaritasi nashr etildi. Mayda masshtabli atlas xaritalari yangilandi.