SULTON AHMAD

SULTON AHMAD (? 1410) Jaloyiriylar davlati hukmdori (1382 — 1410). Shayx Uvays I Jaloyiriyning oʻgʻli. Sulton Ahmad Ozarbayjon va Iroqda hukmdorlik qilgan. Amir Temur Bagʻdodni zabt etgach (1393), S. A. Misrga mamluk sultoni Barquq (1382—99) xuzuriga qochgan. Shundan soʻng u oʻz yerlarini gohida zabt etib, gohida qoʻddan chiqargan. 1394-y. Amir Temur 2marotaba Bagʻdodni egallaganda u yana qochgan. Biroq Shom (Suriya)da hibsga olinib, 1405-y. Amir Temur vafotidan keyingina ozod etilgan. 1406-y. qaytadan Bagʻdodda hukmronlik qilayotgan paytda turkman Qora Yusuf bilan uning orasida nizo chiqib, keyinroq urushga aylangan. Natijada, 1410-y. da Tabriz ostonasidagi jangda halok boʻlgan.

Ad.: Nizomiddin Shomiy , Zafarnoma, T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: SULTON AHMAD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
AMIR TEMUR
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты