SULTON SAYIDXON (1490, Turfon 1533.9.7) — Yorkend xonligi xukmdori (1514—33). Chigʻatoiylardgm. Sulton Ahmadxonning oʻgʻli. 1503-y. otasi bilan amakisi Sulton Mahmudxonnmt Axsi yaqinida Shayboniyxon bilan boʻlgan jangida qatnashgan. Sulton Ahmadxon vafotidan soʻng taxt uchun kurashlarda akasi Mansurxondan yengilgan. S. S. Andijonga, soʻngra Kobulga, qarindoshi Bobur huzuriga borgan. Bobur uni izzatikrom bilan kutib olgan. 1510-y. Boburning Kobuldan Qunduzga yurishi chogʻida Sulton Sayidxon u bilan birga boʻlgan. Tarixchi Mirzo Haydarning amakisi Sayid Muhammad mirzo Andijonni shayboniylardan (Jonibek sultondan) qaytarib olgach (1511), Boburni taklif etadi. Bobur Sulton Sayidxonga Andijon taxtini beradi. Qashqar hokimi Abu Bakr mirzo 20 ming kishilik qoʻshin bilan Andijonga yurish qilgan, Sulton Sayidxon kichik qoʻshin (1,5 ming kishi) bilan Andijondan 2 farsax uzoklikdagi NutNugʻ mavzeida bu katta qoʻshin ustidan zafar qozongan (1511-y. 24 okt.). S. S. shayboniylarga qarshi kurashda Boburga yordam bergan. 1514-y. shayboniy sultonlar Andijonga yurish uyushtirganlar. Sulton Sayidxon shaharni tashlab Sharqiy Turkistonga ketgan. 1514-y. Abu Bakr mirzoni yengib, Qashqarni egallagan. 1522-y. butun Sharkiy Turkistonni tobe etgan. Umrining soʻnggi yillarida Tibetni egallash uchun kurash olib borgan. Mamlakatda tartib oʻrnatish yuzasidan qator tadbirlarni amalga oshirgan. Abu Bakr mirzodan krlgan davlat xazinasini musodara etib, uning. bir qismini davlat arkonlari, lashkarboshilari, qoʻshin va fuqarolarga taqsimlab bergan. Oqsu va Turfon sh. lari va bir qancha kjshtoklar qayta kurilgan. Din arboblariga katta hurmat koʻrsatilgan. Birok, Sulton Sayidxon 1522-y. dan boshlab maishatga, ichkilikka berilib ketib davlat ishlariga eʼtibor bermay qoʻygan. Tarixchilarning taʼrifiga koʻra, Sulton Sayidxon atoqli siyosatdon boʻlibgina qolmasdan, taniqli olim, shoir, musiqashunos ham edi. Saʼid taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Sulton Sayidxon mohir xattot, musavvirlikda, muqr oʻyish, tosh qirqish (sangtaroshlik), zargarlik, otni bezash, quymachilik, kamon, xanjar, shamshir yasash, duradgorlik hunarlarida shuhrat qozongan. Sulton Sayidxon shikorni yaxshi koʻrgan, uning qonunqoidalaridan saboq bergan.
Omonbek Jalilov.