TABU (polinezcha — taqikdash) — 1) ibtidoiy jamiyat bosqichidagi xalqlarda tarqalgan taqiqlash tizimi. Tabuning eng mukammal koʻrinishi Polineziyaaa saqlangan. Bu soʻz aslida Polineziyada paydo boʻlib, dastlab mashhur ingliz dengiz sayyohi J. Kuk (182879) tomonidan Yevropaga maʼlum qilingan va bayon etib berilgan. Polineziya xalqlari diniy eʼtiqodlariga koʻra, har bir inson tugʻilishi bilan qudratli gʻayri tabiiy kuch — «mana»ga ega boʻladi. «Mana» juda xavfli boʻlib, birovga tegsa oʻlim keltirishi mumkin. U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda «mana» boʻlmagan, ammo aksincha, buyuk sardorlar qudratli «mana» egasi hisoblangan. «Mana» tushunchasi «Tabu» soʻzi bilan bevosita bogʻliq. Nimaiki «mana» egasi boʻlsa, oʻsha narsa xavfli, yaʼni unga tegish man qilingan — T. qoʻyilgan. Polineziya xalklarida juda keng Tapkalgan Tabu tizimini kim buzsa, rioya qilmasa kabila boshlikdari, zodagonlar tomonidan qattiq jazolangan. Shuningdek, oʻsha davr tasavvurlariga koʻra, Tabuni buzgan odamning gʻayri tabiiy kuchlar, ruhlar, xudolar kasallik yoki oʻlim bilan jazolaydi, deb tushunilgan. Orolliklarda xudo va ruhga, kohin va kabila boshliqlariga aloqador boʻlgan gʻamma narsa Tlashtirilgan. Tabu tizimi jamiyatda tabakalanishni ifodalagan. Tabu obyektlari — buyumlar, soʻzlar, hayvonlar va b. bulishi mumkin. Aksariyat Tabular moddiy buyumlarga taallukdi buladi. Tabu insoniyat jamiyati shakllanayotgan davrda individ xattiharakatini jamoa manfaatlariga buysundirish extiyoji bilan bogʻliq ravishda kelib chiqqan bulishi mumkin. Tabu urugchilik jamiyatida inson hayotining muxim tomonlarini, avvalo ekzogamiya nikohi meʼyorlariga rioya qilinishi (mas., urugʻ ichida jinsiy aloqalarning taqiqlanishi)ni tartibga solgan. Jamiyat taraqqiy etgan sari T. ning bir qismi odat huquqiy meʼyoriga aylangan, koʻpchiligi esa dinga taqiq sifatida kiritilib, uni buzish gunoh hisoblangan. Hoz. davrda ham Tabuning baʼzi kurinishlarini uchratish mumkin.
2) Tilshunoslikda muayyan suzlar, iboralar yoki atokli otlarni qoʻllashni takiqlash, man etish. Ibtidoiy davrlarda tabiat hodisalarining sirini bila olmagan inson qurquv uygʻotadigan sehrli va zararli yovuz kuchlardan, jin, arvoxlardan, ofatli kasallik va yirtqich hayvonlardan saqlanishning yagona chorasi ularning nomini aytishni man etish, atamaslik deb tushungan. Ayniqsa, kishi nomiga nisbatan Tabu keng tarkalgan. Mas., oʻlganning nomini, dohiy yoki podshohning, maʼbudlarning nomini va baʼzi karindoshlar (qaynota, qaynona, er, kaynogʻa)ning nomini aytish, ularni ovoz chiqarib chaqirish taqikdangan va bunday atokli otlar tegishli tavsifiy iboralar bilan almashtirilgan. Ovlanadigan, tirikchilik manbai boʻlgan hayvon nomlari, kishini seskantiradigan jonivorlar va b. vokeajarayonlar ham baʼzan Tabu lashtirilgan. Mas., chayon soʻzi, oʻzbek shevalarida eshak, benom, gazanda, ayriquyruq, beshboʻgʻin va b. nomlar bilan atalgan. Hoz. tillarda ulim haqida, ogʻir kasallik haqida tugʻridantoʻgʻri gapirmaslik, yoqimsiz, noxush narsalarni eslash, eslatishdan qochish odatini gʻam Tabuga kiritish mumkin. Tabu suzlar oʻrniga boshqa suzlar — evfemizmlar zarur boʻladiki, boshqa tillar singari, oʻzbek tilida ham bunday suzlar koʻpchilikni tashkil etadi.
Ochil Boʻriyev, Abduvahob Madvaliyev.