TAVQE

TAVQE (arab. — shoh yorligʻi, farmoni, muhri) — xattotlik uslubi, arab yezuvidagi xat uslublaridan biri. Shoh farmon va nishondari, qozixona, mahkama hujjatlari, asosan, Tavqeda bitilgan. Harflarning yarmi tekis chiziq, yarmi doyra chiziklar asosida yoziladi; yozuv tez bitilganligi uchun harflar, soʻzlar qoʻshilib yozilgan. Harflar shakllari suls yozuvinikiga oʻxshab ketadi, ammo «Tavqe»da «alif» va harf tayoqchalari birmuncha kaltaroq, harflardagi egmalar yey shaklida emas, koʻproq oʻtkir burchak hosil qilib bukiladi. Nasx yozuvchi xattotlar Tavqeni oson egallagan. Ibn Muqla, Ibn Bavvob va b. xattotlar Tavqe xatining ustasidir.

Baʼzi hollarda Qurʼon suralari boshlanishi, keltirilgan ibora va jumlalar hamda kitob xotimalari shu xatda bitilgan.


Lotin alifbosida maqola: TAVQE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QURʼON
YOZUV
XATTOTLIK
IBN SINO
KITOB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты